Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga, iqtisodiyotni barqarorligiga, fuqaro manfaatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, davlat organlarida halollik standartlarini mustahkamlash, shuningdek korrupsiya xavf-xatarlarini aniqlash va kamaytirishga qaratilgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” davlat muassasasi direktori F.Aliyev, Komplayens nazorat bo‘yicha bosh mutaxassis, Kadrlar bo‘yicha menejer mas’ul xodimlar ham qatnashishdi.
Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umid Mavlyanov so‘zga chiqib, amalga oshirilayotgan islohotlar, strategik vazifalar, davlat xizmatlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalariga to‘xtalib o‘tdilar.
Shuningdek, qonunlarning mazmun va mohiyati, ularni amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari, korrupsiyaviy xavflarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Mazkur uchrashuv davlat organlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, mas’ul xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda tizimli ishlarini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.