Joriy yilning 7-may kuni O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni munosabati bilan Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda tizimdagi tashkilotlar xodimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Raqamli texnologiyalar vaziri Sh.Shermatov o‘z tabrik nutqida soha xodimlarini kasb bayrami bilan qutlab, ularning mamlakatimizda raqamli texnologiyalar infratuzilmasini izchil rivojlantirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya xizmatlarini keng joriy etish, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimlarini raqamlashtirish hamda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish borasida fidokorona mehnati va munosib hissasini alohida e’tirof etdi.
Taqdirlash marosimida sohaning rivojlanishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” davlat muassasasining bir qator xodimlari Raqamli texnologiyalar vazirligi “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlanishdi.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” davlat muassasasida 7-may O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
Kasb bayrami munosabati bilan Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” davlat muassasasi direktori F.Aliyev sohada erishilayotgan yutuq va marralar hamda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda mehnat jamoasining munosib hissasi borligini alohida ta’kidladi.
Mazkur sana munosabati bilan, sohani rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan, o‘zining bilimi va salohiyati hamda yuqori darajadagi kasbiy mahorati bilan boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan bir necha xodimlar “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” davlat muassasasining “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlanishdi.