Tabrik
07.05.2026
6

Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi mamlakatimizning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishda, raqamli iqtisodiyotni keng joriy etishda hamda aholi uchun qulay va sifatli xizmatlar ko‘rsatishda muhim o‘rin tutmoqda. Sizlarning yuksak malakangiz, tashabbuskorligingiz va fidoyiligingiz tufayli yurtimizda zamonaviy axborot infratuzilmasi izchil rivojlanib, xalqimiz turmush darajasi yanada yuksalib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” davlat muassasasi jamoasi nomidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida fidokorona mehnat qilib kelayotgan barcha rahbarlar, mutaxassislar hamda ishchi-xodimlarni 7-may - “Aloqachilar kuni” kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!

Barchangizga mustahkam sog‘liq, yuksak kasbiy muvaffaqiyatlar, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz. Kelgusidagi faoliyatingizda ham Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirayotgan ezgu ishlaringiz bardavom bo‘lsin!