03:52 Juma, 03 Aprel 2026 (GMT+5)

Bizning faoliyat

Barcha loyihalar
imageimageimageimage
Bino va inshootlarini qurish va kapital ta’mirlash ishlariga buyurtmachi vazifasini bajarish

Raqamli texnologiyalar vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlarning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlariga buyurtmachi vazifasini bajarish, amalga oshiriladigan qurilish ishlarini texnik kuzatish va obyektlar qurilishi ustidan texnik nazoratni amalga oshirish

imageimageimageimage
Bino va inshootlarni ekspluatatsiya qilish va xizmat ko‘rsatish

Vazirlik va uning tarkibidagi tashkilotlarning bino va inshootlarini ekspluatatsiya qilish va xizmat ko‘rsatish, ulardan belgilangan me’yorlarga muvofiq foydalanish xizmatini samarali tashkil etish, jumladan, yong‘in xavfsizligi, sanitariya qoidalariga, shaharsozlik normalariga rioya qilish.

imageimageimageimage
Tender va davlat xaridlarini amalga oshirish

Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari asosida Vazirlik va uning tarkibidagi tashkilotlarning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish yuzasidan pudratchilarni tanlab olish, shuningdek, tovarlar (ishlar va xizmatlar) xarid qilish yuzasidan davlat xaridlarini amalga oshirish

imageimageimageimage
Transport xizmati

Vazirlik va uning tarkibidagi tashkilotlarni transport xizmati bilan ta’minlash hamda moddiy-texnik ta’minotini tashkil qilish

imageimageimageimage
Texnik vositalar bilan ta’minlash

Xalqaro va respublika darajasidagi tadbirlarni keng yoritish maqsadida tashkil etilgan shtablar, matbuot markazlarini zarur kompyuter, printer va boshqa texnik vositalar bilan ta’minlash hamda ularni soz holatda ishlashini tashkil etish.

imageimageimageimage
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 1030 o‘rinli Nurafshon filiali 6 qavatli bo‘lib, 5 qavatli o‘quv binosi va 1 ta yer osti qavatidan iborat. Toshkent viloyati Axborot texnologiyalari texnikumi 4 qavatli bo‘lib, 420 nafar talabaga mo‘ljallangan. Talabalar yotoqxonasi 630 o‘rinli bo‘lib, 17 qavat yotoqxona va 1 ta yer osti qavatidan iborat.

imageimageimageimage
IT-Park majmuasi

        Mazkur zamonaviy majmua qurilishi 2019-yili 20-noyabrda boshlangan. Soha rivojiga yanada keng sharoit yaratish maqsadida bu yerda yana yettita lotda qurilish qilinib, bosqichma-bosqich 13 ta imorat, jumladan, 20-25 qavatli ofis binolari, 22 qavatli mehmonxona, universitet, konferensiya zali, kovorking markazi va boshqa obyektlar barpo etiladi.

Inshootlar 9 balldan yuqori zilzilaga chidamli qilib loyihalashtirilgan. Yer ostida 3 qavatli avtoturargoh quriladi. Majmua hududida kafe va restoranlar, do‘konlar, sport maydonlari, dam olish joylari qurilishi ko'zda tutilgan. Ushbu IT-parkning dastlabki 7 ta binosi foydalanishga topshirilgan. Ularda eng zamonaviy qulayliklar yaratilib, istiqbolli startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari tashkil etilgan.

 Bu yerda jami 13 ta imorat barpo etiladi. Ular 9 balldan yuqori zilzilaga chidamli bo‘ladi. Texnologik parkda IT-tashkilotlar, universitet, konferensiya zali, kovorking markazi o‘zaro uzviy faoliyat olib boradi.

Qurilish ishlarining doimiy texnik nazorati Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilib kelinmoqda.

Murojaatlar statistikasi

  • Kelib tushgan arizalar

    0
  • Hal qilingan arizalar

    0
  • Rad etilgan arizalar

    0
  • Hozirda ko'rib chiqilmoqda

    0
  • Eng ko'p murojaat qilinayotgan soha

    .

Ochiq ma'lumotlar

  • 03.04.2026
  • 17.8
Year name

Foydali havolalar

img
img
img
img