Antikorrupsiya
04.08.2025
132

Joriy yilning 31-iyul kuni Raqamli texnologiyalar vazirligida byudjet mablagʻlarining maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan ichki nazoratni kuchaytirish, byudjet intizomini mustahkamlash masalalari, Vazirlik va tizim tashkilotlarida ichki nazorat tuzilmalarini tashkil etish, ularning mustaqilligi va samaradorligini yanada oshirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” davlat muassasasining direktor oʻrinbosarlari, buxgalteriya, korrupsiyaga qarshi komplayens-nazorati, xarid masalalari boʻyicha masʼul xodimlari ishtirok etib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va uning tarmoq departamentlari bilan birgalikda quyidagi yoʻnalishlarda byudjet qonunchiligini buzilishini profilaktikasiga alohida eʼtibor qaratish, yaʼni, byudjet tashkilotlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻgʻri hisoblanishi, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan obyektlarda amalga oshirilgan qurilish ishlarini monitoring qilishda ularda nazorat tadbirlarini oʻtkazish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, davlat xaridlarini qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish, byudjet jarayonlari barcha bosqichlarida maqsadli va samarali foydalanishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish lozimligiga alohida eʼtibor qaratilishi taʼkidlandi.