O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” davlat muassasasi xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, uni oldini olish bo‘yicha “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
“Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” davlat muassasasining Komplayens nazorat bo‘yicha bosh mutaxassisi D.Saloxiddinov tomonidan xodimlarga qonuniylik, ochiqlik, shaffoflik, fuqorolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarning ustuvorligi, tizimlilik va boshqa bir qator sifatlar korrupsiyaga qarshi kurashishining asosiy prinsiplari hisoblanishi hamda jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish yuzasidan taqdimot qilindi hamda xodimlar tomonidan berilgan savollarga batafsil tushintirishlar berib o‘tildi.
Tadbir yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusiga bag‘ishlangan videoroliklar xodimlarga namoyish etildi.