O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” davlat muassasasi tomonidan ISO 37001:2016 (korrupsiyaga qarshi menejment tizimi) xalqaro standartini joriy etishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy tadbirlar boshlab yuborilgan.
Dastlabki bosqichda, Direksiyaning 2 nafar mas’ul xodimlari xalqaro ISO 37001:2016 korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi menejeri – ichki auditori yo‘nalishida “CERT Academy Group” xalqaro trening kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan o‘quv kurslarida malaka oshirdi.
Joriy yilning 2-aprel kuni “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” davlat muassasasida ISO 37001:2016 (korrupsiyaga qarshi menejment tizimi) xalqaro standartini joriy etish masalalari bo‘yicha mas’ul xodimlar uchun “Smash Step Consulting” MChJ direktori Q. Xalmuratov tomonidan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Ma’lumot uchun, ISO 37001:2016 tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashning samarali tizimini yaratishning xalqaro usullarini oʻzida jamlagan, korrupsiyaga qarshi mukammal boshqaruv tizimini yoʻlga qoʻyishga xizmat qiladigan xalqaro standart hisoblanadi.