Tadbir
10.04.2026
5

9-aprel — Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Amir Temur oyligi” doirasida “Amir Temur va temuriylar tamaddunining jahon tarixidagi ahamiyati” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” davlat muassasasi mehnat jamoasi o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Amir Temurning buyuk davlatchilik an’analari, uning kuchli va markazlashgan davlat barpo etish yo‘lidagi uzoqni ko‘zlagan siyosati hamda dono boshqaruv tamoyillari haqida atroflicha fikr yuritdilar. Shuningdek, u zot tomonidan mamlakatda mustahkam tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy, madaniy va ilmiy sohalarni har tomonlama rivojlantirish borasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar alohida ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, bu davrda me’morchilik va san’at taraqqiy etib, betakror obidalar bunyod etildi, Sharq va G‘arb o‘rtasidagi madaniy aloqalar mustahkamlandi. Temuriylar tamadduni insoniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shib, bugungi kunda ham o‘zining ilmiy va madaniy merosi bilan jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi sifatida e’tirof etilishini qayd etdilar.

Barcha xalqlar uchun ibrat namunasi, o‘zbek xalqi uchun esa faxr va milliy g‘urur timsoli bo‘lib qoladi.