Aziz yurtdoshlar!
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” davlat muassasasi jamoasi siz azizlarni, muqaddas Ramazon hayiti ayyomi munosabati bilan samimiy muborakbod etadi!
Muqaddas Ramazon oyining yakuni bo‘lgan ushbu saodatli bayram inson qalbida mehr-oqibat, saxovat, bag‘rikenglik va shukronalik tuyg‘ularini yanada mustahkamlab, jamiyatimizda ezgulik, hamjihatlik va insonparvarlik fazilatlarini qaror toptirishga xizmat qiladi.
Yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, barqaror taraqqiyot hamda xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan barcha ezgu ishlarda Yaratganning o‘zi madadkor bo‘lishini tilab qolamiz. Ushbu muborak kunlarda har bir xonadonga fayzu baraka, qalblarga mehr va shukuh kirib kelsin.
Muqaddas Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!