Tabrik
26.05.2026
2

Aziz yurtdoshlar!

Muborak Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” davlat muassasasi mehnat jamoasi Siz azizlarni samimiy muborakbod etadi!

Qurbon hayiti xalqimizning ko‘p asrlik milliy va ma’naviy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan, mehr-oqibat, saxovat, bag‘rikenglik, shukronalik va insonparvarlik kabi ezgu fazilatlarni ulug‘laydigan muborak ayyomdir.

Ushbu qutlug‘ kunlarda xonadonlarimizga fayzu baraka va xotirjamlik, yurtimizda tinchlik, barqarorlik hamda farovonlik bardavom bo‘lsin.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

 

Qutlug‘ ayyom barchamizga muborak bo‘lsin!