O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” davlat muassasasida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda 10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan yangilangan Konstitutsiyamiz belgilangan demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g‘oyalari atrofida fuqarolarni jipslashtirishi, inson huquq va erkinliklari sohasi mutlaqo yangi bosqichga o‘tilganligini hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy ustuvor yo‘nalishlari doirasida belgilangan tub islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, Davlat madhiyasida xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi, boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, millatlararo totuvlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilganligi, madhiyamizga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchi ekanligi ta’kidlandi.
Tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.