Tabrik
21.03.2026
6

Hurmatli yurtdoshlar, qadrli sohamiz vakillari!

 

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” davlat muassasasi jamoasi siz azizlarni, sharqona yangi yilning boshlanishi, tabiat uyg‘onishi va yangilanish timsoli bo‘lgan qutlug‘ bayram - Navro‘zi olam munosabati bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etadi!

Siz azizlarga mustahkam sog‘liq, xonadonlaringizga
tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka va qut-baraka tilaymiz. Faoliyatingizda yangidan yangi marralar, yurtimiz ravnaqi yo‘lida amalga oshirayotgan ezgu ishlaringizda ulkan yutuqlar yor bo‘lsin.

Qutlug‘ Navro‘z bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!