O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” davlat muassasasida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Direksiyada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar guldastalar bilan kutib olindi. Direksiya rahbariyati tomonidan ezgu tilaklar bildirildi.
Shu bilan birga, “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” davlat muassasasi jamoasi munis onaxonlarimizni, aziz opa-singillarimizni, sohamizning barcha muxtarama ayollarini va go‘zal qizlarni
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan muborakbod etadi!
Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy tinchlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, dunyodagi eng katta boylik – oilaviy baxt-saodat yor bo‘lishini tilaymiz.
Doimo bahor kabi go‘zal va aziz bo‘ling, bayramingiz muborak bo‘lsin!