Tadbir
12.02.2026
16

Shu kunlarda so‘z mulkining sultoni, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi keng nishonlanmoqda. Navoiy va Bobur ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho‘qqisidir.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” davlat muassasasida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud sanalariga bag‘ishlab “Navoiy va Bobur – milliy tafakkur va ma’naviyatimizning ikki buyuk ustuni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tabdirda so‘zga chiqqanlar ikki ijodkor dunyo adabiyoti tarixida juda katta o‘rin tutishini, xalqparvar davlat arbobi sifatida jamiyatda tutgan yuksak mavqei jihatidan ham, ilm-fan, madaniyat va san’at, adabiyot ahliga ko‘rsatgan homiyligi jihatidan ham o‘xshashi yo‘q siymo ekanligini, bunyodkorlik, yaratuvchanlik ishlarida shaxsiy ibrat ko‘rsatganini, ular bugun o‘zbek xalqining milliy iftixoriga, adabiy, ma’naviy kamolot timsoliga aylanganligini ta’kidladilar.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning g‘azal va ruboiylaridan misralar aytildi.