Antikorrupsiya
10.11.2022
74

Joriy yilning 7-noyabr kuni “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” davlat muassasasida “Korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi ichki idoraviy hujjatlarning targ‘iboti” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.

O‘quv seminarida Komplaens nazorat bo‘yicha bosh mutaxassis Sh.Xasanov ma’ruza qilib, tuzilmaning vazifa va funksiyalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha idoraviy hujjatlarning mazmun-mohiyatiga batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi mazkur sohada boshlagan islohotlarning o‘ziga xos huquqiy poydevori, “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmonlari korrupsiyaning barvaqt oldini olishga qaratilgan muhim konseptual hujjatlar sifatida e’tirof etilishi ta’kidlandi.

Seminar yakunida xodimlar tomonidan mavzu yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.