Antikorrupsiya
26.10.2023
25

    Joriy yilning 25-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiya” davlat muassasasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “Korrupsiya - ichki ma’naviy tahdid” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
    Davra suhbatida Direksiyaning Kompleans nazorat bo‘yicha bosh mutaxassisi D.Saloxiddinov tomonidan xodimlarga qonuniylik, ochiqlik, shaffoflik, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, tizimlilik va boshqa bir qator sifatlar korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari hisoblanishi hamda jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi. Davra suhbatida xodimlar tomonidan berilgan savollarga batafsil tushuntirishlar berib o‘tildi.
    Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tayyorlagan korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusidagi videorolik xodimlarga namoyish etildi.