Asosiy Qonunimiz – mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida e’zozlaydigan, demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishga xizmat qiladigan mustahkam poydevordir.
Bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangilanish va rivojlanish jarayonlari, davlat boshqaruvi, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalardagi tub o‘zgarishlar aynan Konstitutsiyamizda belgilangan tamoyillar asosida izchil davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” davlat muassasasi jamoasi, aziz xalqimizni 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklaydi!
Sizlarni, bosh Qomusimiz qabul qilingan kun bilan yana bir bor chin qalbimizdan tabriklab, barchangizga tinchlik-xotirjamlik, osoyishtalik va farovonlik, xonadonlarimizdan esa hech qachon fayzu baraka va quvonch arimasin.
Yurtimiz tinch, bag‘rikeng xalqimiz omon bo‘lsin!