Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiya” davlat muassasasida Korrupsiya qarshi kurashish bo‘yicha Komplaens ichki nazorat tizimi ish rejasiga ko‘ra “Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzulmalarining samarali faoliyatini tashkil etish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida xodimlarga Komplaens nazorat tizimi qanday tizim, qaysi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asosan joriy qilingan, uning maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? - degan savollarga javob olindi.
Tadbir yakunida Birlashgan Millatlar Tashkilotining rivojlanish dasturi ko‘magida tayyorlangan videorolik xodimlarga namoyish etildi.