Tadbir
18.11.2025
6

Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ sanaladi. Chunki u xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir. 
Bu yil mustaqil O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligiga 34 yil to‘ldi. 
Bugun bayrog‘imiz xalqaro maydonlarda, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safarlari chog‘ida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon ko‘rgazmalarida, sport musobaqalarida mustaqil Vatanimizni ifodalab kelmoqda.
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” jamoasi barcha yurtdoshlarimizni ushbu sana munosabati bilan samimiy tabriklaydi! 
Ona Vatanimizdagi tinchlik va osoyishtalik bardavom bo‘lsin, bayrog‘imiz baland-balandlarda hilpirayversin!